
"Atletiko" himoyachisining qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Mashg‘ulotlar paytida chap oyog‘idan jarohat olgan "Atletiko" himoyachisi Xose Ximenesning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli urugvaylik futbolchi bir oydan so‘ng jamoasiga yordam berishi mumkin. Shu tariqa u "Valyadolid" va "Espanol"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Ximenes joriy mavsum “Atletiko” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar