
"Atletiko" Simeone boshqaruvidagi eng yirik mag‘lubiyatini Dortmundda qabul qilib oldi
Kecha UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. Jumladan, Madridning “Atletiko” klubi safarda “Borussiya” Dortmund mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda 4:0 hisobidagi yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
E’tiborlisi, “matraschilar” Diego Simeone qo‘l ostida shu kungacha birorta o‘yinda 4ta gol farqi bilan imkoniyatni boy berishmagan edi va bu birinchisi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, argentinalik mutaxassis “Atletiko”ni 2011 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar