Ashxobod-2017. Polvonlarimiz ham ishonchni oqlashmoqda

CHERY AUTO

Turkmaniston poytaxtida davom etayotgan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarining beshinchi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun har jihatdan samarali va unumli bo‘ldi.

Tecno

Bunga qadar sportchilarimiz medallar jamg‘arish masalasida mezbonlardan so‘ng Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Tailand, BAA, Hindiston delegatsiyalarini oldinga o‘tkazib yuborib umujamoa hisobida sakkizinchi o‘ringa joylashib olishgandi. Beshinchi kungi bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolari 4 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumiy 57 ta medal bilan kuchli uchlikka ko‘tarilib olishdi.

Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha ham bahslar qizg‘in pallasiga kirdi. Kecha ikkita vazn toifasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi va ularning har ikkalasida vakillarimiz kumush medaliga ega chiqishdi.

Qizlar o‘rtasida – 58 kg. vazn toifasida chiqish qilgan Muattar Nabieva dast ko‘tarishda 94 kg., siltab ko‘tarishda 118 kg., umumiy 212 kg. tosh ko‘tarib ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medaliga loyiq ko‘rildi.

Erkaklar o‘rtasida -69 kg. vazn toifasida bahslarga kirishgan Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Doston Yoqubov dast ko‘tarishda 139 kg., siltab ko‘tarishda 177 kg., summada 316 kg. og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib ikkinchi o‘rinni egalladi va delegatsiyamiz hisobiga kumush medalini qo‘shib qo‘ydi.

Og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamiz Osiyo o‘yinlarining asosiy favoritlari qatorida e’tirof etilmoqda. Bizni oldinda og‘ir vazndagi polvonlarimiz ishtirokidagi bahslar kutib turibdi. Shunday ekan Shahzod Xudoyberganov, Farxod Sobirov, Ivan Efremov va Rustam Jangabaevlardan ham oltin medallarni kutib qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!