"Arsenal" Karraskoni yana Evropaga qaytarmoqchi

  • 3 mart, 2019, 20:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning "Dalyan Ifan" klubida to‘p surayotgan belgiyalik yarim himoyachi Yannik Ferreyre Karrasko "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 25 yoshli futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni ko‘zlamoqda.

Ma’lumot uchun, Yannik Karrasko xitoy klubi safiga 2018 yilning yanvarida “Atletiko”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida "Dalyan Ifan" tarkibida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq unga "Monako" va "Atletiko"dan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!