Argentina-2018. Bayroqdorimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Musobaqa o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. Biroz avval erkin kurashchimiz Umidjon Jalolov oltin medalga ega chiqqandi. Endi -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhammadrasul Rahimov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz musobaqa davomida Yangi Zelandiya vakilini mag‘lub etdi. Ikkinchi jangida esa rossiyalik polvonga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan jangda esa kanadalik sportchidan ustun keldi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Tecno

Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun Argentinadagi Olimpiya o‘yinlarida 12-medal bo‘ldi. Endi hamyurtlarimiz hisobida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medali mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!