
Anvar Soliev: Asosiy bosqich o‘yinlarida muxlislarni xursand etamiz
"Avvalo “Qizilqum” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin biz kutgandek o‘tmadi. Ayrim sabablarga ko‘ra, jami 6 nafar asosiy tarkib futbolchilarimiz maydonga tusha olishmadi. Shu sababli, kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan yoshlarni maydonga tushirishga majbur bo‘ldik.
Endi asosiy e’tiborni keyingi bosqich bahslariga qaratamiz. Superliganing asosiy bosqich uchrashuvlarida muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz. Faqat bugungidek o‘yin bilan emas", - deb Solievning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Navbahor" matbuot xizmati.
Fikrlar