
"Anji"ning uy stadioni maysasi kesib olinmoqda (FOTO)
Maxachkalaning “Anji” klubidagi moliyaviy inqiroz davom etmoqda.
Chempionat.com tarqatgan xabarga ko‘ra qarzdorlik sabab jamoaning uy stadioni hisoblangan “Anji Arena” maysasi ko‘chirib olinmoqda. Ushbu ish yakunlangach stadion maydonida turli ko‘ngilochar tadbirlar va bayram kontsertlari namoyish etiladigan joyga aylantiriladi.
“Anji” klubi bosh direktori Absalutdin Agaragimovning so‘zlariga ko‘ra jamoaning umumiy qarzi 78 mln rublni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, “Anji” ayni damda Rossiya premer-ligasining ortda qolgan 17 turidan so‘ng 15 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoada o‘z vaqtida Odil Ahmedov va Doston Hamdamov kabi o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surishgan.
Fikrlar