"Andijon"ning uy stadioni maysasini rossiyalik mutaxassislar mavsumga tayyorlashlari mumkin

  • 4 dekabr, 2018, 18:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bo‘lsa kerak, so‘nggi paytlarda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi mamlakatimizdagi Superliga va Pro-Liga klublarining maydonlariga jiddiy e’tibor qaratib, talablarni kuchaytirmoqda. Buning natijasida joylarda maydon sifatini yaxshilash bo‘yicha ish boshlanib ketgan. Jumladan, Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadionida ham yangi mavsumga taraddud ko‘rilmoqda.

Tecno

Bugun Rossiyaning “Queng rass” firmasi vakillari Andijon shahriga tashrif buyurishdi. Ushbu firma vakillarining tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsadlari Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadioni maydonini yaxshilash bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilish va bu bo‘yicha hamkorlikda ishlab, ko‘zlangan maqsadga etishishdir.

“Queng rass” firmasi xodimlari bunga qadar Toshkentning “Paxtakor” stadioni maydonini ideal xolatga keltirgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek ushbu firma menejeri Olya Smerdovani aytishicha Rossiya davlatida futbol bo‘yicha jaxon chempionati o‘yinlari o‘tkazilgan maydonlarning 60-70 foizini aynan “Queng rass” mutaxassislari tayyorlagan ekan. Ushbu firma chim etishtirish bo‘yicha Gollandiyaning mashxur firmalari bilan hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidlash lozim.

“Queng rass” firmasining maydonni tayyorlash bo‘yicha mutaxassisi Aleksey Urgyumov aytishicha, agarda “Sog‘lom avlod” stadionida maydonni tayyorlash ishlari yanvar oyida boshlansa, mart oyining o‘rtalariga borib, foydalanishga topshiriladi. Ushbu firma mutaxassislari o‘zaro kelishuvga erishilsa, Rossiya davlatidan maxsus texnikalarini ham olib kelishini bildirdi.

Rossiyalik mutaxassislar bugun Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning qabulida bo‘ladi va shundan so‘ng yakuniy qarorga kelinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!