Andijonda ham Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab musobaqa o‘tkazildi

  • 10 dekabr, 2018, 09:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan 2006-2007 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabi”ning ichki musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub "Andijon" klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Unda “Andijon” FK qoshidagi futbol maktabining 12ta jamoasi ishtirok etdi. Musobaqa qatnashchilari ikki guruhga bo‘lingan xolda, g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

6-7 dekabr kunlari o‘tkazilgan musobaqaning final qismi Viloyat futbol federatsiyasining sun’iy qoplamali maydonida tashkil etildi.

Musobaqaning g‘olibi “Goal Senter” jamoasi bo‘ldi. Turnir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, musobaqaning yopilish marosimida davlatimiz madhiyasi yangradi va turnir qatnashchilariga estalik sovg‘alari ulashildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!