
Andijon futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari qirg‘izistonlik futbolchilarga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdi
21-23 dekabr kunlari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Andijondagi futbol akademiyalarning sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda tahlilchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga akademiya tarbiyalanuvchilari mashg‘ulotlarini qanday tasvirga olish va tasvirgan olingan materialdan qay tarzda foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, tayyor videoyozuvlarni qanday tahlil qilish bo‘yicha ham batafsil ma’lumot berildi.
Kecha seminar qatnashchilar Andijon bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasining 2005 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari o‘quv mashg‘ulot jarayonida bevosita ishtirok etishdi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh futbol akademiyasi 2003 yil tarbiyalanuvchilari hamda Andijon viloyati bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilib, yakunda andijonliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Fikrlar