Ana xolos! Hamdamovning jamoasi endi yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi, chunki...

  • 23 avgust, 2018, 21:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbol ittifoqining nizolarni hal qilish qo‘mitasi hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradigan “Anji” klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ta’qiq qo‘ydi.

Tecno

Bunga maxachkalaliklarning himoyachi Bagautdin Rikmatullaevga maoshi va davolanishiga ketgan xarajatlardan bo‘lgan qarzdorligi sabab bo‘lgan. Endi ushbu ta’qiq klub Rikmatullaevdan bo‘lgan barcha qarzdorlikni bartaraf etsagina olib tashlanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Anji” ayni damda premer-liganing o‘tgan 4ta turidan so‘ng 3 ochko to‘plagan holda 14-pog‘onada bormoqda. Maxachkalaliklar navbatdagi turni 26 avgust kuni amaldagi chempion “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!