Aguero APLda Shirerning tarixiy rekordini yangilashi mumkin

  • 4 fevral, 2019, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Angliya premer-ligasining 25-tur markaziy bahsida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu kuni “shaharliklar”ning har uchchala goliga ham Serxio Aguero mualliflik qildi.

Tecno

E’tiborlisi, bu Aguero uchun APLdagi 10-xet-trik bo‘ldi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik to‘purar bu borada afsonaviy Alan Shirerning rekordiga yaqinlashib oldi. Qayd etish lozimki Shirer faoliyati davomida premer-ligada jami 11ta xet-trik qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Aguero joriy mavsum APLda jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!