
Afg‘oniston va Qirg‘iziston uchrashuvi (4:0) dan fotoreportaj
Avval xabar qilganimizdek, CAFA U-16 championship turniri poytaxtimizdagi "Lokomotiv" stadioniga ko‘chirildi. 3-turning so‘nggi o‘yinida Afg‘oniston va Qirg‘iziston jamoalari duch keldi. Birinchi taymning o‘zidayoq raqiblar darvozasiga javobsiz to‘rtta gol yo‘llagan afg‘on yigitlari o‘yinda shavqatsiz edi. Keyingi bo‘lim anchayin sokinroq kechdi. Qirg‘iz futbolchilari harchand urinishmasin, raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi: Afg‘oniston-Qirg‘iziston 4:0.
Fikrlar