
Adhamjon Ergashev: "Men bu rekordni 2 yil kutdim"
Turkmaniston poytaxtida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining kechagi dasturida Adhamjon Ergashev -61 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltinchi natijani qayd etganidan xabaringiz bor.
Yurtdoshimiz dast ko‘tarish mashqida 136 kg, siltab ko‘tarishda 157 kg. ikki kurash bo‘yicha 293 kg. natija bilan yoshlar o‘rtasidagi jahon rekordiga mualliflik qilgani haqida xabar bergan edik.
"Ikki yildan beri shu rekordni o‘rnatishni kutayotgan edim. Musobaqada medalgacha borishimga ham oz qoldi, biroq berganiga shukur. Siltab ko‘tarish mashqining ikkinchi urinish arafasi eski jarohatim qo‘zg‘ab qoldi biroz. Nasib qilgani shu ekan, shunisiga ham shukur. Endi qolgan musobaqalarga bu natijani yanada yaxshilashga harakat qilaman", – deydi Adhamjon Ergashev musobaqadan so‘ng bergan intervyusida.
Fikrlar