
Abel Sanches: Golovkin yana 5-6 ta jang o‘tkazishi mumkin
O‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin ustozi Abel Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, 36 yoshli qozog‘istonlik bokschi ushbu vaznda professional ringda yana 5-6 ta jang o‘tkazishi mumkin ekan.
Murabbiy shuningdek, Golovkin tez orada telekanal tanlashda ham bir qarorga kelishini ta’qidlagan. Unga ko‘ra, Saul “Kanelo” Alvares bilan uchinchi jang bunga kirmaydi. Bokschi avvalroq DAZN tarmog‘i bilan besh yillik shartnoma imzolagan.
– O‘rta vaznda qoladimi yoki ikkinchi o‘rta vaznga ko‘tariladimi, buni vaqt ko‘rsatadi, – deydi Sanches ESPN Deportes nashriga bergan intervyusida. – U yana 2 yoki 3 yil urushishi mumkin. Men yana 2-3 yilni afzal bilgan bo‘lardim. Muhimi u oldingiday shug‘ullanishda davom etishi zarur. Agar shunday ketsa, o‘ylaymanki, 5 yoki 6 ta jangni ajoyib o‘takazadi.
Fikrlar