
7 ta gol urilgan dramatik o‘yinda "RB Leyptsig" "Istanbul Bashakshexir" ustidan g‘alaba qozondi (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turida “RB Leyptsig” safarda “Istanbul Bashakshexir” klubi mehmoni bo‘ldi.
Turkiyadagi o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Dramatik kechgan o‘yinda 3:4 hisobida nemis klubining qo‘li baland keldi. Maydon egalarining barcha uchchala goliga Irfan Kaxveji (45', 72', 85') mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlar safida Yussuf Poulsen (26'), Nordi Mukiele (43'), Dani Olmo (66') va Aleksander Serlot (90') gol urishga erishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar