
36 yoshli hujumchi Frantsiya chempionatida rekord o‘rnatdi
"Monpele" klubi hujumchisi Sulaymon Kamara kecha Frantsiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan "Lion"ga (2:3) qarshi o‘yinda gol urishga erishdi. Bu uning joriy mavsumdagi debyut goli bo‘ldi.
E’tiborlisi, 36 yoshli Kamara XXI-asrda qatorasiga 15 mavsumdan buyon Frantsiya chempionatida gol urib kelayotgan ilk futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Kamara "Monpele" safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U faoliyati davomida shuningdek "Monako", "Nitstsa" va "Gengam" kabi klublarda ham o‘ynagan.
Fikrlar