
220 o‘yindan beri gol urmagan xokkeychi bugun jamoasiga g‘alaba keltirdi
Bugun tongda Milliy xokkey ligasining Stenli kubogi finalida "Vegas golden nayts" hamda "Vashington kepitalz" jamoalari o‘rtasidagi bahsning ikkinchi seriyasi bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz kechgan bellashuv poytaxtliklarning safarda 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Vashington"ning 3-goliga himoyachi Bruks Orpik mualilf bo‘ldi. E’tiborlisi, bu xokkeychi MXL uchrashuvlarida 220 ta o‘yindagi beri gol ura olmayotgan edi.
Birinchi qarama-qarshilikda las-vegasliklar 6:4 hisobida qozongan va seriyalar bo‘yicha hisob 1:1 ko‘rinishiga keldi.
Fikrlar