
22 yoshli futbolchini otib ketishdi
Italiyaning Palermo shahridagi tungi klublardan biri madhish voqea sodir bo‘ldi. Italiyalik futbolchi Rozolino Selesiya o‘qotar quroldan olgan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, tungi klubda yuzaga kelgan mojaroda 22 yoshli Selesiyaning bo‘yni va ko‘krak qismiga uch marta o‘q uzilgan. U shifoxonaga keltirilgan. Biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
L´Unione Sarda nashrining yozishicha, politsiya jinoyatda gumonlanayotgan ikki aka-ukani qo‘lga olgan va tergov ishlari davom ettirilmoqda.
Selesiya “Torino”ning yoshlar jamoasida o‘ynagan. U keyinroq futbolchilik faoliyatini to‘xtatgan edi.
- “Torino” prezidenti Urbano Kair va klubning barcha a’zolari Selesiyaning vafoti munosabati bilan uning oilasiga hamdardlik bildiradi, - deb bayonot berdi “Torino” klubi matbuot xizmati.
Fikrlar