2020 yilning eng yaxshi engil atletikachilari aniqlandi

CHERY AUTO

Arman Dyuplantis 2020 yilning fevral oyida Glazgoda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda langarcho‘p bilan sakrash bo‘yicha jahon rekordini (6,18 metr) yangiladi (bir hafta mobaynida u ikki marta o‘z natijasini o‘zgartira oldi). Sentyabr oyida esa u Sergey Bubka tomonidan 1994 yilda ochiq maydonda o‘rnatilgan jahon rekordini bir santimetrga oshirdi (6,15 metr). 21 yoshli sportchi 2019 yilgi jahon birinchiligining kumush medali sovrindori va 2018 yilgi Evropa chempioni hisoblanadi.

Tecno

Roxas yopiq inshootlarda uch hatlab sakrash bo‘yicha jahon rekordini yangilagan (15,43 metr) va 2020 yil mavsumida to‘rt marta yirik musobaqalar g‘olibi bo‘lgan. U, shuningdek 2016 yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori va ikki karra jahon chempionidir.

Yilning eng yaxshi trenerlari sifatida Arman Dyuplantisning ustozlari – ota-onasi Xelena va Greg Dyuplantis e’tirof etildi. 1968 yilgi Olimpiya o‘yinlarining 200 metrga yugurishda kumush va bronza medallari sovrindorlari Tommi Smit, Piter Norman va Jon Karlos Xalqaro tashkilot rahbarining mukofotlariga sazovor bo‘ldilar. Polsha engil atletika federatsiyasi yilning eng yaxshi tashkiloti deb baholandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!