19 yoshli futbolchi Evropada katta rekord o‘rnatdi

  • 4 sentabr, 2023, 13:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Gavi Ispaniya chempionatining 4-turida “Osasuna”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashish orqali rekord natija qayd etdi.

Tecno

19 yoshli futbolchi uchun bu “Barselona” tarkibidagi 100-uchrashuv sifatida qayd etildi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, Gavi Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida 100 ta o‘yinda maydonga tushgan 2004 yil va undan keyin tug‘ilgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Gavi “Barselona” safida 100 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchi nomini ham qo‘lga kiritdi. U “Osasuna”ga qarshi o‘yin vaqtida 19 yoshu 32 kunlik edi. Avvalgi rekord Boyan Krkichga tegishli bo‘lib, bu o‘yinchi kataloniyaliklar tarkibida 100-marotaba maydonga tushganida 19 yoshu 84 kunlik bo‘lgan.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!