
12-turda "Buxoro" "Andijon"ni Samarqandda qabul qiladi
"Buxoro" Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Andijon" bilan uchrashuvni Samarqand shahrida o‘tkazadi. Bellashuv 13 iyun kuni 20:00 da start oladi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, Buxoro shahridagi stadionning yoritish tizimi bilan bog‘liq muammo hozirga qadar hal qilinmagan. Buning oqibatida "Buxoro" klubi Superliganing joriy mavsumidagi 5 ta uy uchrashuvidan 4 tasini Toshkentdagi Jar stadionida va yana 1 ta uchrashuvni raqibi "Bunyodkor" maydonida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar