
Italiya o‘z klublariga qarshi emas, balki ular bilan birga ishlashi kerak!
Amaldagi chempion Italiya "Evro-2024"ni tark etdi. Jamoa nimchorak finalda Shveytsariyaga qarshi o‘yinda maydonga tushib, mag‘lubiyatga uchradi. Eng qiziqarlisi, uchrashuvda italiyaliklar ustunlikni qo‘lga ololgani yo‘q. "Azurri" zarbalar soni bo‘yicha ham raqiblaridan ortda qolishdi. Bu esa Luchano Spalettining kelajagi katta so‘roq ostida ekanligini bildiradi. Ayniqsa, uning o‘yindan keyingi matbuot anjumanida futbolchilarni tayyorlash uchun vaqt etarli bo‘lmadi, degani gapi ko‘plab bahs-munozaralar sabab bo‘lmoqda, lekin murabbiy bosimda qolayotgani va buni qabul qilish bo‘yicha muammo yo‘qligini aytdi.
Spalettining har bir izohi o‘yinda ustunlik qilish, tashabbusni o‘z qo‘liga olish va to‘pni nazorat qilish zarurati haqida bo‘lganini hisobga olsak, bu juda g‘alati. Biz Italiya ishtirokidagi o‘yinlarda buning teskarisini ko‘rdik. Ayniqsa, birinchi turda Luchano shogirdlari gol o‘tkazib yuborganidan keyin pala-partishlik bilan hujumlar tashkil qilaverdi va raqib darajasi o‘laroq g‘alabani ilib ketdi. Ammo keyingi bellashuvlarda jamoa shuni ham eplay olgani yo‘q. Agarda kimnidir maqtash kerak bo‘lsa, bu albatta Janluiji Donnarummadir.
Bu Spalettining xalqaro murabbiy sifatidagi birinchi turniri edi. Garet Sautgeyt va Dide Desham kabi tajribali murabbiylar jamoalari ham u qadar yaxshi o‘yin ko‘rsata olmayotganini hisobga olsak, italiyalik mutaxassis kechirilishi mumkin.
Italiyaning xatosiga echim bu mamlakat klublari ko‘rsatayotgan o‘yinni terma jamaoga ham olib o‘tishdir. Spaletti 3-5-2 sxemasida juda yaxshi o‘ynagan "Inter" o‘yinchilari - Alessandro Bastoni, Federiko Dimarko va Nikolo Barella atrofida jamoaning o‘zagini yaratishi kerak edi. Unda Simone Intsagining taktikasini biladigan futbolchilar bor edi. Shu bilan birga, Janluka Skamakkaning "Atalanta" bilan Evropa Ligasida g‘olib chiqish yo‘lida "Liverpul" va "Bayer" ustidan g‘alaba qozonishida katta hissasini qo‘shgandi. Hatto "Yuventus" ham orqada uchta himoyachi bilan o‘ynashga moyil edi, shuning uchun Andrea Kambiaso, Nikolo Fajoli va Federiko Kezalarga bu uslub yod bo‘lib ketgan. Spalletti bo‘lsa 4-3-3 sxemasidan foydalandi.
O‘z vaqtida "Napoli"da ish bergan bu taktika bugun Italiya futbolini etarlicha ko‘rsatib bera olmayapti. Joriy mavsumda Italiyada eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan jamoalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning uslublari "Inter", "Atalanta" va "Bolonya" edi, ularning barchasi yuqori pressingga va (asosan) qanotlardan hujum qilishga qaratilgan. Nega Spalletti o‘zining eng iqtidorli o‘yinchilari klubda qilgan ishlarini shunchaki takrorlashga urinmadi?
Biz Sautgeytni Fil Foden va Djud Bellingem kabi futbolchilaridan foydalana olmayotganini masxara qilishimiz mumkin, biroq Spalletti kerak bo‘lsa, bundan battarini qildi. Deshamning ham qaysidir ma’noda eng yaxshi shogirdlarining klub darajasidagi o‘yinlari yo‘qoldi, bu Evropa chempionatining takrorlanadigan mavzusiga aylanmoqda.
Aslida Italiya futboli cho‘kayapti, deyish noto‘g‘ri. “Atalanta” Evropa Ligasida g‘alaba qozonganidan va o‘tgan yili “Inter” Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday ekan, Italiya klublarga qarshi emas, balki ular bilan birga ishlashi kerak.
Fikrlar