“Barselona” va “Bavariya” erkin agentga aylanish arafasida turgan hujumchi uchun kurashmoqda
“Yuventus” klubi hujumchi Dushan Vlaxovichni Evropa grandi jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
25 yoshli forvardning “zebralar” bilan amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum yakunlangach tugaydi. Shu bois unga “Barselona” va “Bavariya” tomonidan qiziqish bildirilmoqda.
Mashhur insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, har ikki klub ham turinliklardan futbolchi haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘rab murojaat qilgan. Ular kelasi yozda Vlaxovichni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, serbiyalik futbolchi “keksa sinora” safida 2022 yildan buyon harakat qilmoqda. Shu vaqtgacha u klub uchun 153 ta o‘yinda maydonga tushib, 62 ta gol urgan va 15 ta golli uzatma amalga oshirgan.



Fikrlar