
Samarqandda o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi
6-10 fevral kunlari Samarqand shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 2002-2006 yillarda tavallud topgan yosh polvonlar ishtirok etadilar. Bahslarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 250 nafarga yaqin sportchi qatnashishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
O‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bungacha 8 vazn toifasida tashkil etilgan bo‘lsa, bu yildan boshlab Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi standartlari asosida 10 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu musobaqa orqali mart oyida Los-Anjelesda o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun nomzodlar saralab olinadi.
Fikrlar