Yosh qilichbozimiz Jahon kubogi bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Joriy hafta yakunida dunyo bo‘ylab qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent mazkur musobaqalarning shpaga bo‘yicha yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlariga mezbonlik qilyapti.
Bugun tashkil etilgan yakkalik dasturidagi bahslarda terma jamoamiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Musobaqada yarim finalgacha etib borgan Kamron Ismoilov shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.



Fikrlar