
Xvicha bir qarorga keldi!
- 8-июн 2024, 17:30
- Karim Xudayqulov
- 0
- Futbol
Xvicha Kvaratsxeliya "Napoli" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
"La Gazetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, gruziyalik yarim himoyachi yangi shartnoma bo‘yicha yiliga 1.5 million evro o‘rniga 5 million evro maosh olishni xohlagan. "Napoli" futbolchining talablarini bajarishga tayyor.
Qayd etilishicha, Xvichaning shartnomasi masalasi "Evro-2024" turniri boshlangunga qadar hal qilinishini xohlaydi.
Xvicha joriy mavsum neapolliklar safida 44 ta bellashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q