Xarri Keyn futboldagi eng katta orzusini aytdi
Angliya terma jamoasi va "Bavariya" markaziy hujumchisi Garri Keyn futboldagi orzusi haqida gapirdi.
"Mening eng katta orzuim - klubim bilan Chempionlar ligasida va Angliya bilan Jahon chempionatida g‘alaba qozonish", - dedi ingliz hujumchisi.
Keyn Bundesliganing joriy mavsumida beshta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. "Bavariya" UEFA Chempionlar ligasining yangi mavsumini ikkita g‘alaba bilan boshladi. Vensan Kompani shogirdlari 6 ochko bilan etakchi bo‘lib turibdi.



Fikrlar