Hamzat Chimaevning keyingi raqibi va jang sanasi haqida xabarlar tarqalmoqda!
- 21-феврал, 12:35
- Javohir Malikov
- 0
- MMA
O‘rta vaznda UFC chempioni Hamzat Chimaev vaznini oshirib, chexiyalik Irji Prohazkaga qarshi jang o‘tkazadi. Bu haqida jurnalist Kevin X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu to‘qnashuv 11 aprel kuni Mayamida o‘tkaziladigan "UFC 327" turnirining markaziy jangi bo‘lishi rejalashtirilyapti.
Qiziqi shundaki, ushbu yangilikdan bir soat avval, Chimaevning shaxsan o‘zi X ijtimoiy tarmog‘ida "205" raqami yozilgan post joyladi. Bu uning 205 funtlik vazn toifasiga o‘tayotganini anglatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yarim og‘ir vaznda amaldagi chempion Aleks Perreyra esa qaysi vaznda jang qilishi hozircha ma’lum emas. Avvalroq, u amerikalik Jon Jonsga qarshi Oq Uyda, og‘ir vaznda oktagonga ko‘tarilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.