Vinisius: "Men "Oltin to‘p" yutishni orzu qilmaganman"

  • 4 mart, 05:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" hujumchisi Vinisius Junior "Oltin to‘p" bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi o‘tgan yili mukofot uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilgan edi, biroq sovrinni Rodri qo‘lga kiritgan edi. "Real" esa so‘nggi daqiqalarda marosimga borish rejasidan voz kechdi.

"Odamlar o‘z xohishlariga ko‘ra ovoz berishadi. Menda ham o‘z fikrim bor. Men hech qachon "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishni orzu qilmaganman. Bunga yaqinlashganingda, ishonch paydo bo‘ladi. Lekin men hali ham imkoniyatga egaman. Men allaqachon ikki marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganman va yana ko‘plab yutuqlarga erishmoqchiman."

"Marosimga bormaslik qarorini kim qabul qildi?"

"Men klub menga nima buyursa, shuni qilaman. Mendan qolishni so‘rashdi, men esa bu qarorni xotirjam qabul qildim," — dedi Vinisius matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!