Van Der Sar ayni vaqtdagi eng yaxshi darvozabonlarni aytdi
- 24-феврал, 17:40
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
"Manchester Yunayted"ning afsonaviy darvozaboni Edvin van der Sar ayni damda dunyoning eng yaxshi darvozabonlari kimlar ekanini aytib o‘tdi.
"Menga so‘nggi jarohatlariga qaramay, Manuel Noyer hamon yoqadi. Yana ikki nafari - Tibo Kurtua va Janluiji Donnarumma," - deya niderlandiyalik posbonning so‘zlarini keltiradi "Daily Mail" nashri. Noyer hozirda Myunxenning "Bavariya"da, Donnarumma "Manchester Siti"da, Kurtua esa "Real" sharafini himoya qilmoqda. Van de Sar "Manchester Yunayted"dan tashqari, Amsterdamning "Ayaks," Turinning "Yuventus" va Londonning "Fulxem" klublaridagi o‘yinlari bilan tanilgan.
U Niderlandiya terma jamoasi safida 130 ta o‘yin o‘tkazib, 87 ta gol o‘tkazgan. Shu bilan birga mamlakat tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan darvozabonlardan biri hisoblanadi.