Valverde: "Men uchun "Real Madrid" formasini kiyish har doim faxr hisoblanadi"

  • 19 may, 15:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi hisoblangan Federiko Valverde "qaymoqranglilar"ning Klublar o‘rtasida Jahon chempionatidagi maqsadlari haqida gapirib o‘tdi: 
 
"Har doimdagidek, mazkur turnirdan avval katta ishtiyoq va hayajonni his qilmoqdamiz. Bu libosni kiyish esa katta sharaf hisoblanadi. Shu bilan birga, jamoa sharafini himoya qilish - eng yuksak tuyg‘ulardan biridir. 
 
Men jamoam bilan birga, g‘alaba qozonish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz. Xuddi, klub mutasaddilar talab qilayotganidek. Shuningdek, muxlislarimiz yana bir bor chempionlikdan zavqlanishlari uchun biz muvaffaqiyatga erishishga harakat qilamiz"
- deya ta’rif berib o‘tdi 26 yoshli fulbek. 
 
Eslatib o‘tamiz, AQShda bo‘lib o‘tadigan KO‘JCh 15 iyunda start olib, 13 iyulda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!