“Uzbekistan Open” xalqaro turniriga start berildi!
Bugun Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida xalqaro taekvondo turniri — “Uzbekistan Open” musobaqasi tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi.
Mazkur nufuzli musobaqa Xalqaro taekvondo federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Respublika Sport vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan.
Turnirda nafaqat O‘zbekistonning turli hududlaridan, balki Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan mingdan ziyod tajribali va iqtidorli sportchilar ishtirok etmoqda.
Musobaqa o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. Har bir toifa sportchilari o‘z vazn toifasida tatamiga chiqib, kuch, chaqqonlik va mahorat sinovida bellashmoqda.
Turnirning asosiy maqsadi — xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash, yosh sportchilarga xalqaro tajriba berish hamda taekvondo sport turini mamlakatimizda yanada ommalashtirishdan iborat.
“Uzbekistan Open” bir necha kun davom etadi. Turnir yakunida eng kuchli sportchilar aniqlanib, ular xalqaro miqyosdagi navbatdagi musobaqalarga yo‘llanma olishadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.



Fikrlar