UFC sobiq jangchisi Darren Till promoushenni tanqid qildi.
"Men Danani juda hurmat qilaman va uning ushbu sport rivoji uchun qilgan ishlarini qadrlayman. Tan olish kerak, Uayt tanqidni yoqtirmaydi. Biroq fikrimcha, u boshqa narsalarga e'tibor qaratgani bois UFC mavqeini yo'qotdi. Janglarga kelsak... Hozirgi to'qnashuvlar qiziqarli emas. Shuningdek, ligada superyulduzlar ham juda kam", – dedi ingliz "The Independent" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, UFC ning keyingi turniri O'zbekiston vaqti bilan 18 apreldan 19 aprelga o'tar kechasi soat 02:00 da start oladi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q