
Tez orada Alisson va "Liverpul" o‘rtasida "yangilik" bo‘ladi
- 18-июл 2021, 12:43
- Baxtiyorjon Toshtemirov
- 0
- Futbol
Braziliyalik darvozabon Alisson Beker tez orada "Liverpul" bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 28 yoshli posbon va Mersisayd klubi o‘rtasida imzolanadigan yangi shartnoma 2025/2026 yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi. Tez orada tomonlar bu boradagi muzokaralarni yakunlaydi va shartnomani imzolaydi.
Alisson “Liverpul” safida 2018 yilning yozida “Roma”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan uch mavsum davomida jami 130 ta uchrashuv o‘tkazdi va unda o‘z darvozasidan 104 ta gol o‘tkazib yubordi.
Angliya premer-ligasining yangi mavsumi 13 avgustda boshlanadi. "Liverpul" mavsumdagi ilk uchrashuvini 14 avgust kuni "Norvich"ga qarshi o‘tkazadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q