Tennischimiz Turkiyada ikki finalni boy berdi

CHERY AUTO

Turkiyaning Antaliya shahrida M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro tennis turnirida Sergey Fomin yakkalik va juftlik bahslarida finalda ishtirok etdi.

Tecno

Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin yakkalik bellashuvlarning final bosqichida ukrainalik Oleksey Krutixga uch setda 7:6, 3:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Natijada esa nufuzli musobaqaning vitse-chempioniga aylangan holda 2701 AQSh dollari pul mukofoti va 16 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Sergey Fomin turnirning juftlik bellashuvlarida neytral tennischi Pavel Verbin bilan tandem hosil qilib, yarim finalda finlyandiyalik Patrik Kaukoyalta va Ero Vasani 6:4, 3:6, 10:6 hisobida taslim qildi.

So‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida turkiyalik tennischilar dueti – Gonberk Saritas va Mert Naji Turkerga qarshi kortga chiqdi.

Afsuski, mazkur uchrashuvda Sergey va Pavelga biroz omad etishmadi. Natijada turnirning juftlik yo‘nalishida vitse-chempionga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!