"Sho‘rtan" Pro-ligadagi tanaffusda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi

  • 4 aprel, 2023, 14:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

3 aprel kuni G‘uzorning "Markaziy" stadionida "Sho‘rtan"klubi Pro-ligadagi tanaffusdan foydalanib, "Nasaf FARM"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. "Sho‘rtan" bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev ushbu o‘yinda futbolchilarning jismoniy holati, yangi taktik yuklamalarni nazoratdan o‘tkazdi.

Tecno

O‘yin 3:0 hisobida mezboglprning g‘alabasi bilan yakunlandi. Zoirov Muxriddin dubl qayd etgan bo‘lsa, Bekzod Suvonov ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. 

Mazkur nazorat bahsi "Sho‘rtan"ning 11-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogi doirasida "Yangier"ga qarshi o‘yini oldidan muhim tayyorgarlik bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!