Shomurodov bo‘lganida jamoani aniq qutqarardi!

  • 2 iyun, 09:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning aksariyat ligalarida milliy chempionatlar yakunlanib, mavsumda qayd etilgan natijalar hamda ko‘rsatkichlar  ekspertlar tomonidan tahlil qilinmoqda.

Tecno

Xususan, italiyalik sobiq futbolchi va keyinchalik murabbiy bo‘lib ishlagan Mikele Serena “Venetsiya” va “Verona” kabi jamoalarning A Seriyadagi natijalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, mavsum yakunlariga ko‘ra, “Verona” yuqori diviziondagi joyini saqlab qoldi, “Venetsiya” esa, quyi ligaga tushib ketdi.

- Mavsum bu jamoalar uchun bir tekis o‘tmadi, ular ko‘tarilgan va qulagan paytlar bo‘ldi. Ayrim jamoalar yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi. Masalan, “Verona”. Inqirozdan chiqolmagan jamoalarga “Venetsiya”ni misol qilish mumkin.

E’tiborga molik tomoni shundaki, har ikki jamoa ham murakkab o‘tgan mavsumni bir bosh murabbiy bilan yakunladi. “Verona”ni Paolo Dzanetti, “Venetsiya”ni Eusebio Di Franchesko butun chempionat davomida boshdan oxirigacha boshqarib bordi.  

Garchi venetsiyaliklar quyi ligaga tushib ketgan bo‘lsa-da, Eusebio Di Franchesko bajargan ishlar ekspertlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. Paolo Dzanettini esa, mavsum davomida lavozimidan ozod etmoqchi ham bo‘lishdi. Amalda rahbariyatning qat’iyati va murabbiyga oxirigacha ishonch bildirgani veronaliklarning ligada qolishini ta’minladi.

Men “Venetsiya”ning A Seriyadan chiqib ketishini kutganmidim? Aytish kerakki, bu jamoada ayrim jiddiy muammolar bor edi. Xususan, jamoada mavsumni qutqarib qoladigan markaziy hujumchi yo‘q edi.

Qishda jamoaga Eldor Shomurodovning kelmagani achinarli bo‘ldi. Mening fikrimcha, o‘zbek hujumisi jamoani quyi ligaga tushib ketishdan qutilib qolishiga yordam bera olardi.

Shuning uchun ham, yil davomidagi jarayonlarni hisobga olib, “Venetsiya”ning ligada tushib ketishi menga kutilmagan holat bo‘lgani yo‘q. Men buni ming afsus bilan aytyapman, safar uchrashuvlarida g‘alaba qozonmay, ligadan tushib ketishdan qutilib bo‘lmaydi.

Endi jamoa  yangi mavsumda yuqori ligaga qaytib ko‘tarilishga harakat qilish kerak, - dedi futbol mutaxassisi Mikele Serena.

Eslatib o‘tamiz, qishki transferlar davrida “Venetsiya” rahbariyati “Roma”dan Eldor Shomurodovni so‘radi. 29 yoshli futbolchimiz ham o‘yin amaliyotisiz qolib ketmaslik uchun yangi jamoaga ko‘chib o‘tishga rozilik bergandi.

Biroq Klaudio Raneri o‘zbek legioneri mavsumning hal qiluvchi pallasida unga kerak bo‘lishini ta’kidlab, bu transferni blokladi. Amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Chempionatning ikkinchi yarmida Eldor Shomurodov “Roma”ning asosiy figurasiga aylandi va muhim uchrashuvlardagi o‘yini, gollari va assistlari bilan jamoasining Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun oxirgi turgacha kurashishini ta’minladi.

Eldor Shomurodov mavsum davomida 37 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi. Hamyurtimiz fevral va aprel oylarida “Roma”ning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Natijada klub Shomurodov bilan amaldagi shartnomani 2027 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi.

Bunisi Husanov transferidan kattaroq shov-shuv bo‘ladi!

Legionerimiz sovrin yutdi va Evropaga yo‘l oladi!
Fayzullaevdan xushxabar!

Fayzullaev Husanov ortidan qaysi futbolchi “Manchester Siti”ga bora olishini aytdi!

Husanov, yaxshi bor! “Manchester Siti” 12 nafar futbolchisini kuzatdi

Bunaqasi bo‘lmagan: Husanov, Shomurodov va Fayzullaev haqida!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!