
Ruben Diash: "Hech bir jamoa abadiy g‘alaba qozona olmaydi"
"Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash o‘tgan mavsum haqida fikr bildirdi.
"Bu yoqimsiz edi, ammo ko‘plab muvaffaqiyatlardan keyin shunday palla kelishi aniq edi. Hech bir jamoa abadiy g‘alaba qozona olmaydi, garchi bu bizning umumiy maqsadimiz bo‘lsa-da. To‘rt marta ketma-ket APLni yutish — ajoyib natija.
Shu bilan birga, biz dunyoning eng qiyin ligasida uchinchi o‘rinni egalladik. "Arsenal"dan uch ochko ortda qoldik, ularning mavsumi go‘yo ajoyib o‘tganday ko‘rilsa-da", — deya qo‘shimcha qildi portugaliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, "shaharliklar" o‘tgan mavsumda birorta sovrin qo‘lga kiritmadi va 38 o‘yinda 71 ochko to‘plab, APLda 3-o‘rinni egalladi.
Fikrlar