
Ronalduni yurtdoshi “Real” va “Yuve” nishoniga tushdi
Qit’aning eng nufuzli turniri erta tark etgan “Yuventus” va “Real” hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi. Har ikki klub “Milan”da porlay boshlagan forvard Rafael Leauni o‘z safida ko‘rmoqchi.
Bu hujumchi milanliklar tarkibiga o‘tgan yili “Lill”dan 35 million evroga olib kelingan edi. Turinliklar 21 yoshli porugaliyalik futbolchini yoshi o‘tib qolgan Gonsalo Iguainga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda va uni Ronalduga yaxshi sherik bo‘lishiga ishonmoqda. Madrid klubi esa ishonchni oqlamagan Luka Yovich o‘rniga Leauni olib kelishni maqsad qilgan.
Joriy mavsumda Rafael 31 ta o‘yinda oltita gol urib, uchta assistni amalga oshirdi.
Fikrlar