
Robert Uittaker Xamzat Chimaevga munosib raqib topdi
- 14-декабр 2024, 16:37
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- MMA
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker Xamzat Chimaev va Israel Adesanya o‘rtasida jang tashkil etishni taklif qildi.
“Chimaev chempionlik jangini olishga juda yaqin turibdi. Ehtimol u bunga loyiqdir, biroq men bu fikrga qo‘shilmayman. Xamzat avval Adesanya ustidan g‘alaba qozonishi kerak. Shundagina chechenga kamar uchun imkoniyatni taqdim etish mumkin" - dedi avstraliyalik jangchi.
Eslatib o‘tamiz, oktyabrdagi to‘qnashuvda Chimaev birinchi raunddayoq Robert Uittakerni mag‘lub qilgandi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q