“Real” yangi murabbiyni Anchelotti o‘rniga Madridga kelishga ko‘ndirdi

  • 7 noyabr, 2024, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” o‘z maydonida ketma-ket ikki mag‘lubiyatga uchraganidan keyin Karlo Anchelottining kursisi ancha qimirlab qoldi.

Tecno

Klub rahbariyati italiyalik mutaxassisga bir necha masala bo‘yicha e’tiroz bildirdi va uning o‘rniga boshqa murabbiy qidirishni boshlab yubordi.

 TEAMtalk nashrining yozishicha, madridliklar “Bayer” bosh murabbiy Xabi Alonsoni Madridga ko‘chib o‘tishga deyarli ko‘ndirib bo‘ldi. Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishish arafasida turgani aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bir necha oydan beri Xabi Alonso agentlari bilan aloqani ushlab turibdi.

Agar Anchelotti mavsum davomida iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, jamoani yozgacha Raul boshqarishi rejalashtirilgan. Mavsum yakunlangach esa, Florentino Peres bosh murabbiylikka Xabi Alonsoni olib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!