“Real” sobiq skauti: “Vinisiusning miyasi mashg‘ulot qilishga bo‘ysunmayotganga o‘xshaydi”
- 17-апрел, 12:12
- Ali Ahmadxo’jayev
- 0
- Futbol
"Real Madrid"ning sobiq skauti Manolo Romero jamoa Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so‘ng klub hujumchisi Vinisius Zhuniorni tanqid qildi. Eslatib o‘tamiz, "Real" Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"ga 4:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
"Nechta ko‘rsatuvdan beri aytyapman, vaziyatlarni gol bilan yakunlash ustida ishlash kerak, miya ustida ishlash kerak. Uning miyasi mashg‘ulot qilishga bo‘ysunmayotganga o‘xshaydi. Bu haqiqat", - deya Romeronig so‘zlarini keltiradi Cadena Ser.
Joriy mavsumda Vinisius "Real" safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q