"Real" "Manchester Siti" yulduzini ko‘zlab qo‘ydi!

  • 17 may, 17:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi jamoaning yarim himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "Qirollik klubi"ning diqqati "Manchester Siti"da to‘p surayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandesga qaratilgan.

Tecno

O‘tgan yili "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan Rodri uchun angliyaliklar 130 million evro taklif qilinsa, futbolchini sotishga tayyor. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 28 yoshli futbolchi faqat ikkita o‘yinda qatnashdi — u deyarli butun mavsumni tizzasidagi bog‘lam jarohati tufayli o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!