“Real Madrid” Arbeloani qachon iste’foga chiqarishi ma’lum bo‘ldi
- 16-апрел, 04:36
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
“Real Madrid” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa katta ehtimol bilan mavsum so'ngida o'z lavozimini tark etadi. Bu haqida The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klub prezidenti Florentino Peres Arbeloa o'rniga bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Ular orasida Yurgen Kloppning jamoa ustozi bo'lish ehtimoli yuqori baholanmoqda. Biroq hozircha u bilan aloqalar o'rnatilmagan. Shuningdek, Didye Desham hamda Maurisio Pochettino ham asosiy nomzodlar qatoridan joy olgan.
Ma'lumot uchun, “qaymoqrangliklar” Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalida “Bavariya”ga mag'lub bo'lib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q