PSJning jarohatdagi hujumchisi yaqin kunlarda tarkibga qaytishi mumkin

  • 16 sentabr, 10:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya jamoaning tibbiy markazida ko‘rikdan o‘tib chiqdi. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, gruziyalik futbolchining jarohati jiddiy emas. Xvicha UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichida Italiyaning "Atalanta" jamoasiga qarshi bo‘ladigan navbatdagi o‘yinda jamoasiga yordam berishi mumkin. Kvaratsxeliyaning o‘yinda ishtirok etishi bo‘yicha yakuniy qaror seshanba kungi mashg‘ulotdan so‘ng qabul qilinadi.

Frantsiya chempionatining joriy mavsumida 24 yoshli futbolchi uchta o‘yinda maydonga tushgan, ammo hech qanday samarali harakat ko‘rsata olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!