
Pogba Evropani tark etadi, u olisdagi jamoani tanladi
“Yuventus” bilan shartnomasi bekor bo‘lgan Pol Pogba tez orada futbolga qaytadi. Ayni paytda frantsiyalik yarim himoyachi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilishi kerak.
Yil boshida Pogbaning doping iste’moli uchun belgilangan diskavlifikatsiya tugaydi va u mashg‘alotlarga kirishishi va bahordan uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.
BolaVip nashrining yozishicha, Pogba Braziliyaning “Korintians” jamoasi safiga borib qo‘shilishga rozilik bergan. Manbaga ko‘ra, ushbu klub hozir transfer xarajatlarini to‘liq qoplaydigan homiy qidirmoqda.
Avvalroq, “Manchester Siti” tarkibini kuchaytirish uchun Pol Pogbani olib kelish masalasini o‘rtaga tashlagan edi.
Fikrlar