Peti: "Arsenal"ga chempionlik uchun yana bir-ikki transfer kerak"

  • 26 avgust, 18:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti "Arsenal"ning joriy mavsumdagi chempionlik imkoniyatlariga baho berdi.

Tecno

"Arsenal" "Manchester Yunayted"ni yomon o‘yinda mag‘lub etdi, lekin muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Darvoqe, MYu yaxshi ko‘rinishda bo‘ldi. Yaqinda ularni yana kuchli raqiblar bilan bahslar kutmoqda va mavsum boshi qolgan qism uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Yangi transferlar — Viktor Dyokeresh va Martin Subimendi hali Arteta futboliga moslashish kerak. Masalan, Dyokeresh ko‘proq himoyachilar ortidagi bo‘shliqdan foydalanishni yoqtiradi, "Arsenal" esa asosan to‘p nazoratiga tayanadi. Balki ular ikki yil avvalgi tezkor qarshi hujum uslubiga qaytishi lozim bo‘lar. Shunda u jamoaga ko‘proq yordam bera oladi.

Biroq "Arsenal"da hali ham tarkib chuqurligi etishmaydi. So‘nggi yillardagi asosiy muammo – rotatsiyaning yo‘qligi va mavsumning ikkinchi yarmida jarohatlar sonining ko‘payishi. Agar shunday davom etsa, jamoa so‘nggigacha kurashishi mumkin, ammo chempionlik juda qiyin bo‘ladi. Shu bois, ularga transfer oynasi yopilishidan oldin yana bir-ikkita transfer kerak, ayniqsa qanotlarga. Chunki Saka o‘ng qanotda juda izolyatsiyada qolmoqda, Edegor esa yagona haqiqiy pleymeykerdir", – deya ta’rif berib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!