O‘zbekiston qatnashadigan “JCh-2026”da yangicha qoida amal qiladi

  • 9 dekabr, 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinlashib kelayotgan 2026 yilning sport olamidagi eng muhim va yirik voqeasi shubhasiz uchta mamlakat birgalikda o‘tkazadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘ladi.

Tecno

Bu galgi jahon chempionati bir necha jihat bo‘yicha tarixiy ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, eng nufuzli futbol turniriga Shimoliy Amerikaning birdaniga uch mamlakati – AQSh, Kanada va Meksika ilk bor birgalikda mezbonlik qilmoqda.

Ikkinchidan, FIFA qaroriga ko‘ra, bo‘lajak jahon chempionatida tarixda birinchi marta ishtirokchilar soni 32 tadan 48 taga oshirildi.

Ushbu mundialning bosh tashkilotchisi FIFA bo‘lajak jahon chempionatida yana bir yangi qoida joriy qilinganini matbuot xizmati orqali rasman e’lon qildi.

-  2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida har bir bo‘limda futbolchilarga gidratatsiya uchun uch daqiqalik tanaffus beriladi.

FIFA futbolchilar salomatligini turnir davomida asosiy ustuvor vazifa sifatida ko‘radi. Kanada, Meksika va AQSh mezbonlik qiladigan turnirda bu qoida barcha o‘yinlarda amal qiladi.

Tanaffuslar soddalashtirilgan shaklda bo‘ladi, ya’ni bu 2025 yili yozda AQSh mezbonlik qilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘llanilgan tizimga o‘xshaydi. Har bir taymning 22-daqiqasida hakam o‘yinni to‘xtatib, futbolchilarga suv ichish va organizmdagi suv miqdorini tiklash imkonini beradi.

Har bir bo‘limdagi bu tanaffuslar havo harorati yoki boshqa sharoitlardan qat’i nazar barcha o‘yinlarda amal qiladi.

Stadionlarning usti tom bilan yopilgan bo‘lsa ham, havo harorati issiq yoki sovuq bo‘lishiga qaramay, har bir uchrashuvda futbolchilarning suv ichish uchun uch daqiqalik tanaffus beriladi. Bu jarayonning boshlanishi va tugashi hakam hushtagi orqali nazorat qilinadi, - dedi musobaqa bosh koordinatori Manolo Zubiriya.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyunda boshlanadi va 19 iyulda yakunlanadi. Turnir AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va kelasi yili mundialdagi ishtiroki “K” guruhida boshlaydi.

Fabio Kannavaro bosh murabbiylik qilayotgan terma jamoamiz kvartetda dastlabki ikki uchrashuvni Kolumbiya va Portugaliya futbolchilariga qarshi o‘tkazadi. Uchinchi raqib Kongo Demokratik Respublikasi, Yamayka va Yangi Kalendoniya terma jamoalar o‘rtasidagi pley-offdan keyin aniq bo‘ladi.

Husanovni “Real”ga qarshi o‘ynat! Gvardiolaga shunday talab qo‘yildi

Husanovga yo‘q joydan imkoniyat paydo bo‘ldi

O‘zbekiston mundialda qattiq jang qiladi, lekin..

Shomurodovning sensatsion seriyasi to‘xtadi, raqobatchilar jim...

Husanov “JCh-2026”ni boshlamay turib rekord o‘rnatdi!

O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?

Shomurodov va Fayzullaev murabbiy iste’fosiga “sababchi” bo‘ldi

Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!