O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
O‘FA rahbariyati O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi
Xabarangiz bor, ayni kunlarda Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Vakkillarimiz ayni vaqtda 2-turdan so‘ng “J” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov mazkur turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan jamoa vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida turnirda munosib ishtirok etish hamda jamoa a’zolarining ruhiy va jismoniy tayyorgarligi, ularga yaratilgan sharoitlar haqida fikr-mulohazalar almashildi.
Shu bilan bir qatorda, uchrashuvda jamoa a’zolariga ko‘p sonli futbol muxlislari hamda assotsiatsiya tomonidan yuksak ishonch bildirayotgani, Osiyo kubogi bilan bo‘lgani singari terma jamoa bu gal ham musobaqada munosib ishtirok etishlari zarurligi alohida qayd etildi.
Shuningdek, Islombek Ismoilov jamoa musobaqada bor imkoniyatini ishga solayotgani, futbolchilar ham turnir darajasini his qilib turganini ta’kidladi.
Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va kelgusi uchrashuvlarga tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sog‘ligi, tiklanishi va vitaminlash jarayoni, shuningdek, futbolchilarga yuqori darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish haqida mas’ullarga ko‘rsatma berildi.
Bu haqda O‘FA xabar berdi.



Fikrlar